February 2020

28 February 2020

Angry Birds ишлаб чиқарувчиси Ўзбекистон ва Финляндия ўртасида таълим соҳасидаги ҳамкорликни ривожлантиришга ўз ҳиссасини қўшмоқчи

 

Rovio (Финляндия)компанияси асосчиларидан бири, дунёга машҳур “Angry Birds“ ўйинини яратган Питер Вестербака (Peter Vesterbacka) Ўзбекистон ва Финляндия ўртасида таълим соҳасида ҳамкорликни ривожлантириш ниятида.

Читать далее

26 February 2020

Ilg'or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot va tadqiqotlar bo'limi

Bo’lim boshlig’i: Quchqarov Nuriddin Tovmurotovich

Telefon: 371 263-04-75;  +99897-420-90-59

 


Quchqarov Nuriddin Tovmurotovich

1990 yil 9 may kuni Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanida tug’ilgan. 2012 yil Samarqand iqtisodiyot va servis  institutini tugatgan. 

2019 yil 3 yanvardan h.v. Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Ilg'or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot va tadqiqotlar" bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

 

Samigova Umida Xamidullayevna

1981 yil 16 may kuni Toshkent viloyati, Qibray tumanida tug’ilgan. 2003 yil Toshkent davlat Sharqshunoslik institutini. Arab tili filologiyasi fakultetini tugatgan.

2018 yil 1 maydan h.v. Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Ilg'or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot va tadqiqotlar" bo'limi yetakchi mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

 

 

 

Ilg’or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar bo’limining vazifalari qo’yidagilardan iborat:

 

 

Hududiy markazda olib borilayotgan ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib borish;

 

Hududiy markaz professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan metodik hamda o’quv-uslubiy materiallarni Ilmiy-metodik kengash muhokamasiga kiritish uchun tayyorlash;

 

Hududiy markazda o’tkaziladigan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar ishini muvofiqlashtirib borish;

 

Hududiy markazda o’tkaziladigan konferensiya va seminarlarning materiallarini to’plam shaklida umumlashtirish va o’rnatilgan tartibda chop etishga tayyorlash;

 

ilg’or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni aprobasiyadan o’tkazish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va ishtirok etish;

 

tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan tajribalarni Hududiy markaz saytiga joylashtirish hamda ulardan foydalanish monitoringini olib borish;

 

tegishli ta’limni boshqarish boshqarmalari bilan hamkorlikda ilg’or ish tajribasiga ega bo’lgan pedagog xodimlarning ish tajribalarini ommalashtirish,

 

fanni o’qitishning ilmiy, metodik va amaliy muammolarini hal etishga qaratilgan ilg’or tajribalar, pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha kafedralar bilan birgalikda seminarlar, treninglar, mahorat darslarini tashkil etish;

 

ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish jarayoniga oid zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar to’g’risidagi ilmiy-axborotlar yuzasidan Hududiy markaz professor-o’qituvchilari va xodimlari uchun o’quv seminarlarini tashkil etish;

 

qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari va mavzularini belgilash;

 

xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan turli grant tanlovlarida (fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovasiya ilmiy-texnika dasturlari) ishtirok etuvchi talabgorlarning hujjatlarini tayyorlash;

 

xalqaro hamkorlik ishlarini tashkil qilish, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga oid ilg’or tajribalarni o’rganish hamda kafedralar tomonidan tajribalarni joriy etish borasida olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirish.

Ilg’or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar bo’limi zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Читать далее

Халқ таълими вазири янги мактабда ёш ўқитувчилар билан учрашди

 

Жорий йилнинг 25 февраль куни Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазири Шерзод Шерматов иштирокида Тошкент шаҳри, Сергели туманидаги янги барпо этилган 329-умумий ўрта таълим мактабида бир гуруҳ ёшлар билан “Вазир ва ёшлар” учрашуви ташкил этилди.

Читать далее

19 February 2020

Жиззахда педагоглар учун семинар ташкил этилди

  Халқ таълим вазирлиги, Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси, унинг ҳузуридаги Миллий марказ, Жиззах вилояти бошқармаси билан ҳамкорликда малака ошириш ва қайта тайёрлаш муассасалари вакиллари, таянч мактаб директорлари (директор ўринбосарлари), аниқ, табиий, она тили ва адабиёти, рус тили ва адабиёти фанлари, бошланғич таълим метод бирлашмаси раҳбарлари, фан методистлари учун семинар ташкил этилди

Читать далее

17 February 2020

Ilmiy metodik kengash

 

Ilmiy-metodik kengashning vazifalari quyidagilardan iborat:

Hududiy markaz, uning kafedralari hamda bo’limlarining reja va hisobotlarini ko’rib

chiqish, kurslarning ishchi o’quv reja va dasturlarini, Hududiy markaz faoliyatini

takomillashtirish bo’yicha tavsiyalarni muhokama qilish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish samaradorligini ilmiy-uslubiy va tashkiliy jihatdan

ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini tahlil qilish va ularni muvofiqlashtirish

masalalarini hal etish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bugungi kun talablari

darajasiga ko’tarishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berish;

“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq malaka

talablari, o’quv reja va dasturlarning qat’iy bajarilishini ko’rib chiqish;

kafedra va bo’limlarni ochish, o’zgartirish va tugatishga bog’liq masalalar bo’yicha

Markazga tavsiyalar ishlab chiqish;

darslik, o’quv qo’llanma, ilmiy, o’quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va nashr

qilishga tavsiya etish masalalarini hal qilish;

Hududiy markazni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbol rejalarini tasdiqlash.

Ilmiy-metodik kengash qarorlari direktor tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga

kiradi.

Ilmiy-metodik kengash raisi muntazam ravishda kengash qarorlarining bajarilishi

bo’yicha nazorat olib boradi va kengash a’zolariga qabul qilingan qarorlarning

bajarilishito’g’risida hisobot beradi.

Читать далее

14 February 2020

MARKAZ TUZILMASI

 

 

 

Читать далее

Vazirlikda uchrashuv bo'lib o'tdi

                                                       Жорий йилнинг 13 февраль куни Халқ таълими                                                                  вазири Шерзод Шерматов ETS делегациясини қабул    қилди. Делегация аъзолари ETS Global стратегияси ва ривожланиши бўйича ижрочи директори Гербен ван Лент ва ETS Globalнинг минтақавий директори Анна Гутковска-Зайецдан иборат.

 

Читать далее

BIZNING MANZIL

100070, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Qoramurt ko'chasi, 1-uy

Tel/Faks: 


(0371) 263-04-78,

(0371) 263-04-78

e-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

2011 MALAKA OSHIRISH INSTITUTI. © Created by Mr Sokhib. All right reserved. TVXTXQTMOHM.
Powered by Joomla 1.7 Templates