“НАВРЎЗИ ОЛАМ” БАЙРАМ ТАДБИРИ

2016 йил 24 март куни “Мактабгача, бошланғич ва махсус таълим ” кафедраси Бошланғич таълим 10 гурух тингловчилари ва координатори Х.Мухаммадиева раҳбарилигида “НАВРЎЗИ ОЛАМ” номли тадбири бўлиб ўтди. Тадбирни институт хавлисида ташкил этилди. Тадбирда навруз сайилли  халқ лапарлари,  миллий ўйинлар ижро этилди ва хаммага хушкайфият улашилди.

 

Read more...

Институтда Навруз

Бугун институтимизда навруз байрами муносабати билан   ёзувчи ва шоир Мухаммад Исмоил билан учрашув бўлиб ўтди.учрашувга меҳмонлардан  Ўзбекистон, Туркманистон ва Қорақалпоғистон Республикалари халқ артисит Бобомурод Хамдамов ва умидли эстрада хонандаси , ниҳол мукофати совриндори Шароф Муқимовларнинг  чиқишларидан  барча тингловчилар бахраманд бўлишди.Шоир ўзининг шерларидан ўқиб берди. Тадбир бўлиб ўтадиган жой Навруз байрамига мос сахналаштирилди. Тадбирда институтимиз ректори  барчани  навруз байрами билан табрикладилар. Байрам барчага аъло кайфият  берди .

 

Read more...

Samarqand zaminiga sayohat va ziyorat

Bayramning gashti sayru sayohat bilan bog’liq. Ayniqsa, hammaslak hamkasblar bilan birgalikda bo’lsa, bunga nima yеtsin. Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshbandiy hayot mеzoni o’rnida to’rt asosni kеltiradi. Bular “Xush dar dam”, “Nazar bar qadam”, “Safar dar vatan”, “Xilvat dar anjuman”dir. 

Bahouddin Naqshbandiy tariqatida hayotsevarlik va umidbaxshlik tuyg’usi bor. Xush dar dam – hayotingni xursandchilik, shod-u xurramlik bilan o’tkaz, degan ma’no anglashilsa, Nazar bar qadam – har bir tashlagan qadamingga, aytgan so’zingga mas’ul bo’l, degan ma’no anglashiladi. Xilvat dar anjumanda tarkidunyochilik qilmasdan, uzlatga chekinmasdan hayotsevar insonlar bilan birga bo’lish da’vati, safar dar vatanda hammasini o’zida uyg’unlashtirgan holda sayru sayohat va safar qilish dunyo ajoyibotlarini ko’rish va zavqlanish tuyg’usiga chorlash, el kezgan dil taniydi degan mantiq mavjud. Ana shu aqidani qalbga jo etgan holda yurtimiz go’zalliklarini va undagi bunyodkorlik ishlarini ko’rish istagi har bir fuqaroga g’urur bag’ishlashi tayin.

Read more...

Seminar-trening bo'lib o'tdi

14 mart kuni Zangiota tumani 44 umumiy o'rta ta'lim maktabida seminar-trening bo'lib o'tdi. Seminar-treningda tuman maxorat maktablari  o'qituvchilari, TVXTXQMO instituti professor-o'qituvchilar va "Matematika" guruxi tinglovchilari qatnashdilar.

Read more...

Institutimizda “Sog’lom ona va bola yili dasturidagi ustivor masalalar”ga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi

2016 yil 11 mart kuni “Sog’lom ona va bola yili”ga bag’ishlab o’tkazilgandavra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Feruza Muhiddinova ishtirok etdilar. Davra suhbati sog’lom ona va bola yili dasturidagi ustivor masalalarga qaratildi. Savol-javoblar bilan o’tgan ushbu davra suhbati kurs tinglovchilarida katta taa’surot qoldirdi.

Read more...

17 – guruh “Maishiy mehnat”

Guruhimiz 26 – nafar mehnat ta’limi o’qituvchilaridan iborat. 14 – mart kuni “Navro’z” bayramiga mo’ljallangan ko’rgazmamiz bo’lib o’tdi.

Ko’rgazmada ustozlarimizning barchasi qo’l mehnati bilan amalga oshirgan ishlari bilan qatnashishdi.

Read more...

“Ona bilan Bola –Gul bilan lola mavzusi” da davra suhbati

TVXTXQTMOI ning “Xotin-qizlar faollar yig’ini” tomonidan “Sog’lom ona va bola yili”ga bag’ishlangan “Onabilan bola –gul bilan lola mavzusi”da davra suhbati bolib o’tdi. Tadbirda TVXTXQTMOI ning ayollar jamoasi va “Maktabgacha va boshlang’ich va maxsus ta’lim” kafedrasi tinglovchilari ishtirok etdilar. Tadbir mehmonlari O’zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi a’zosi, oily toifali shifokor, “Shaxnoza-FAYZ”  bosh shifokori Sh.F.Baxadirova va bosh vrach o’ribosari S.G.Akramova mazmunli ma’ruzalar o’qildilar.

Read more...

Хudоybеrdi bоbо institutimizdа

23 fеvrаl kuni institutimizdа kаttа mа’nаviy-mа’rifiy tаdbir bo’lib o’tdi. Shеriyat mulkining sultоni Аlishеr Nаvоiy, shоh vа shоir Zахiriddin Muхаmmаd Bоbur tаvаllud kunlаrigа bаg’ishlаngаn ushbu tаdbirdа O’zbеkistоn хаlq yozuvchisi  Хudоybеrdi To’хtаbоеv, O’zbеkistоn Rеspublikаsi Fаnlаr Аkаdеmiyasi kutubхоnаsi dirеktоri Zuhrа Bеrdiеvа, Tоshkеnt dаvlаt milliy rаqs vа хоrеоgrаfiya оliy mаktаbi dоtsеnti, f.f.n. Rаvshаn Jo’mоnоv ishtirоk etdilаr. Tаdbirdа Аlishеr Nаvоiy vа Bоbur ijоdi, “Zахiriddin Muхаmmаd Bоbur rubоiylаridа  mа’nаviyat mаsаlаlаri” mаvzulаri kеng yoritildi. Аyniqsа, tаdbir yakunidа Хudоybеrdi To’хtаbоеv bilаn bo’lgаn qiziqаrli  sаvоl –jаvоblаr bаrchаning qаlbidаn chuqur o’rin оldi. 

Read more...

Amaliy seminar

2016 yil 23 fevral kuni Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasining BABM guruhi ishtirokida  “Sog’lom bola tarbiyasida Toshkent viloyati “Barkamol avlod bolalar markazlari” oldidagi dolzarb vazifalar” mavzusidagi amaliy seminar o’tkazildi.

Amaliy sminarni Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori Choriev Ro’zimurod Qo’ng’irotovich Kirish so’zi bilan ochib berdilar.

Read more...

BIZNING MANZIL

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Qoramurt ko'chasi 1-uy

Tel/Faks: 
(0371) 263-04-75,

(0371) 263-04-75

e-mail: chdpi_hm@edu.uz

Saytning oldingi ko'rinishi

2011 MALAKA OSHIRISH INSTITUTI - BOSH SAHIFA. TOSHKENT VILOYATI CHDPI HUZURIDAGI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
Powered by Joomla 1.7 Templates