Kitob — tafakkur qanoti

Ma’naviyatli inson qalbiga ziynat baxsh etuvchi ruhiy darmon kitob haqida so’z ketsa, har kimning o’z qarashi, qalb qarichi bor. Rus adibi Pastеrnak bir paytlari shunday yozgan edi: «Kitob yonayotgan, o’rtanayotgan vijdonning to’rtburchak bo’lagidir”.  Shu ma’noda kitobga munosabat, insonga, uning ruhiyatiga, iymoniga murojaat dеmakdir. Odatda, insonlar o’z ehtiyojlarini qondirish ko’yida bo’lishadi. Bu moddiy va ma’naviy talabdir.

Read more...

Mangulikka muhrlanganlar

Bemisl shuhratga ega bo‘lgan ikki mutafakkirning dong‘i olamga yoyildi. 575 yilligini nishonlayotganimiz Alisher Navoiy bo‘lsa, ikkinchisi 533 Zahiriddin Muhammad Bobur ana shunday siymolardandir. Yillar o‘taveradi, asrlar kechaveradi, oltin zanglamagani, asal aynamagani singari ularning ijod durdonalari ham aslo qiymatini yo‘qotmaydi. Har bir avlod undan ozuqa oladi, ma’naviy ehtiyojini qondiradi. Eng muhimi, Navoiy ijodidan bahramand bo‘lgan har bir insonning o‘z Navoiysi bor deyish mumkin. Bittasida mittigina bo‘lsa, boshqa birida poyonsiz ummondek taassurot uyg‘otadi kishida. Institutimizda o‘tkazilgan har ikkala adibga bag‘ishlangan tadbirda xuddi shu ruh hukmronlik qildi. Adabiy-ma’rifiy kechani institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Abdulla Tohiryon ochdi. So‘ngra TDPI professori Homidjon Homidiy so‘z olib, Navoiy dahosiga ta’zim qilish, Bobur zakosiga hayrat ila boqish burch ekanini uqtirdi. O‘z nutqlarini hazrat Navoiyning “Umidim shul umidingga etgaysen” so‘zlari bilan tugatdilar.

Read more...

“MAHORAT MAKTABI” – MOHIR PEDAGOGLAR MASKANI

2016 yilning 19 fevral kuni TVXTXQTMOI “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasi professor – o‘qituvchilari hamda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 32 – umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan hamkorlikda boshlang‘ich ta’lim sifat va samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan “Mahorat maktabi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminarda  tumandagi 48 ta maktabdan jami 150 ta boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Read more...

Navoiy abadiyati

Ulug‘ va qutlug‘ niyatli avlod azaldan o‘tmish ajdodlari bilan g‘ururlanadi, faxrlanadi. Navoiy va Bobur o‘z xalqi uchun buyuklik va suyuklik nisbatlariga egaligi, manzur va maqbulligi bilan ajralib turadi. Ularning ruhini shod etish, so‘zlarini yod etishdek xayrli va ma’rifiy maqsad bilan barcha ta’lim muassasalarida va jamoat korxonalarida, harbiy qismlarda navoiyxonlik va boburxonlik kechalari tashkil etilmoqda.

Read more...

“METODIST MAKTABI” O'QUV SEMINARI

“Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus” ta’lim kafedrasi professor-o’qituvchilari  tomonidan 2016 yil 12 fevral kuni viloyat miqyosida  Maktabgacha ta’lim muassasalari  metodistlari  uchun “Metodist maktabi” o’quv seminari o’tkazildi. Seminarda Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasining maktabgacha ta’lim  bo’limi mutaxassislari, tuman, shahar XTMFMTTEB ning maktabgacha ta’lim metodistlari ishtirok etishdi. O’quv seminarida maktabgacha ta’lim tizimida Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablarining amaliyotga tatbiq etishdagi yutuq va kamchiliklar, me’yoriy  hujjatlarni yuritish tartibi, ta’lim-tarbiyani tashkil etishda ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini yanada takomillashtirish masalalari, tarbiyachining kasbiy mahoratini oshirishda uzluksiz malaka oshirish tizimini yo’lga qo’yish   bo’yicha o’zaro savol-javob, munozara o’tkazildi. Kelgusida “Metodist maktabi” o’quvlarini  viloyatning barcha tuman va shaharlarida o’tkazish rejalashtirildi.

Read more...

ZAMIRA IBROHIMOVA BILAN UCHRASHUV

“Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus” ta’lim kafedrasi professor-o’qituvchilari  tomonidan   2016 yil 11 fevral kuni  MTM tarbiyachilari -20, MTM tarbiyachilari-21 guruhlarida “Bolajon” tayanch dasturi,  “Maktabgacha ta’lim muassasalarida  badiiy adabiyot”, ota-onalar uchun 3-4 rasmli qo’llanmalar  “Nasriy ” va “She’riy” asarlar  to’plami  muallifi Zamira Ibrohimova bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda muallif    badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg’ulotlariga qo’yilgan talablar, mashg’ulot jarayonida tarbiyachining kasbiy mahoratini namoyon etish yuzasidan o’z fikr mulohazalarini bildirdi. Tinglovchilar badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg’ulotlarini tashkil etishdagi o’zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv  tinglovchilarda katta tassurot qoldirdi. 

Read more...

Yangi qonun loyihasi bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi

2016 yil 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahrir) loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi

Read more...

Ko'chma mashg'ulot va "Mustaqillik maydoni" ga sayohat

2016-yil 23-yanvar kuni Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti "Matematika - 13" guruhi tinglovchilari kurs koordinatori Z.Almuratov bilan birgalikda reja asosida Toshkent shahri 28-maktabda ko'chma mashg'ulotda ishtirok etdilar.

Read more...

Viloyat o‘quv seminari o‘tkazildi

2016-yil 22-yanvar kuni  Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasi  maktabgacha ta’lim yo‘nalishi mutaxassislari tomonidan Oxangaron tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli “Istiqlol” nomli 2-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Xilola Ko‘chimovaning malaka oshirish kursidan keyingi  faoliyati bo‘yicha ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish maqsadida “Maktabgacha ta’lim muassasasi va oila hamkorligi samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida  viloyat o‘quv seminari o‘tkazildi.

Read more...

BIZNING MANZIL

100070, Toshkent shaxri, Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 64-uy

Tel/Faks: 
(0371) 255-33-28,

(0371) 255-33-07

e-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Saytning oldingi ko'rinishi

2011 MALAKA OSHIRISH INSTITUTI - BOSH SAHIFA. TOSHKENT VILOYATI CHDPI HUZURIDAGI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
Powered by Joomla 1.7 Templates