Teatrda bir kun

2015 yil 28 noyabr kuni “Teatrda bir kun” nomli tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu ma'naviy-ma'rifiy tadbirda Institut raxbariyati, noyabr oyi kurs tinglovchilari hamda bir qator nufuzli mehmonlar ishtirok etdilar. 

Read more...

Barkamol avlod-kelajak poydevoridir

2015 yil 24 noyabr  kuni institutning  “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim”  kafedrasi professor-o’qituvchilari p.f.n.,dotsent  T.Xurvalieva, katta o’qituvchi R.Nosirova hamda “Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari   va jismoniy tarbiya yo’riqchilari” guruhi tinglovchilari   tomonidan  “Barkamol avlod kelajagimiz poydevori” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda  institutning o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha prorektor B.Yalg’ashev,  ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bo’yicha prorektor v.b. M.Musaeva,  institutning  professor-o’qituvchilari  shuningdek  BTO’ malakasini oshirish kursi tinglovchilari   ishtirok etdilar.

Read more...

Kompetensiyaning pedagogik-psixologik omili

Bugungi kunda eng muhim omil pedagogning layoqati va qobiliyatiga borib bog‘lanayotganligi sir emas. Shunday ekan, istiqbol imoratining poydevori, aytish mumkinki, binokori bu, shubhasizki, o‘qituvchidir. Yoshlarga bugun  qanday ta’lim berilsa, uning samarasi ertaga ayon bo‘lishi haq. SHuning uchun o‘qituvchining kompetentlik darajasi hamisha muhim va dolzarbdir.   O‘zbekiston Respublikasi xaq ta’limi vazirligi Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2015 yil 19 noyabr kuni “Zamonaviy o‘qituvchi kasbiy kompetensiyasining pedagogik psixologik asoslari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. U quyidagi yo‘sinda tashkil etildi.

Read more...

“MEHRIM SENGA BERDIM, MEXRJON” BAYRAM TADBIRI

Yurtimizda  bayramlar va tadbirlar kup. Navruz bayramining egizaki sifatida Mexrjon bayrami ham respublikamizda keng nishonlanadi.

Ulug’ bobokolonimiz Abu Rayxon Beruniy bobomizning aytishlaricha  “Mexrjon bayrami” ni  qadim qadimdan  kuz faslida nishonlab kelingan. Kuz bizga o’zining inomlari bilan, mexr oqibati bilan, sahovati bilan mehr va jon ato qilgan. Shuning uchun ham bu bayram “Mexrjon” deb nomlangan.

2015 yil 20 noyabr kuni “Maktabgacha, Boshlang’ich va maxsus ta’lim ” kafedrasi Boshlang’ich ta’lim 11 gurux tinglovchilari va kooordinatori X.Muxammadieva rahbariligida “Mehrim senga Mexrjon!” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirni gurux ishtirokchilari H.Karshieva, Sh.Alimovalar olib bordi. Xona bayramona  ruhda bezatilib, yurtimizda  etishtirilgan noz nematlar ko’rgazmasi tashkil etildi.  

Read more...

Qarisi bor uyning parisi bor

2015 yil 17 noyabr kuni “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim ” kafedrasining  BTU-8 guruhining “2015 yil Keksalarni e’zozlash yili”ga bag’ishlangan “Qarisi bor uyning parisi bor” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda TVXTXQTMOI professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim ” kafedrasi mudiri Sh.Mirzaxmatova ochib berdi.

BTU-8 guruxi tinglovchilari,  tanishtiruv, ”Keksalarni e’zozlash yili” da amalga oshirilgan ishlar taqdimoti ( “Klaster” usulida),  she’riyat gulshani  tanlovi,  erkin mavzu sahna ko’rinishlari kabi  shartlar bilan bellashdilar.

Read more...

2015 yil 19 noyabrda Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Zamonaviy o’qituvchi kasbiy kompetentsiyasining pedagogik-psixologik asoslari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi

Konferentsiyaning maqsadi – uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy o’qituvchi kasbiy kompetentsiyasining pedagogik-psixologik asoslarini tahlil etish va bu yo’nalishda amalga oshiriladigan kelgusi vazifalarni belgilash hamda ilg’or tajribalarni ommalashtirish.

Yalpi yig’ilishni TVXTXQTMOI rektori, p.f.n., dotsent R.Q.Choriev  ochib berdi.

Xalq Ta’limi Vazirligining Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quv tarbiyaviy jarayonni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig’i p.f.n.Sh.Ergashev konferentsiya qatnashchilarini qutlab, anjuman ishiga muvofaqqiyatlar tiladi.

Read more...

Institut hayotidan

Joriy yilning 20 oktabr kunidan boshlab institutimiz rahbariyatining tashabbusi va masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish markazi xodimlari say-harakati bilan “Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish”ni tadbiq qilish maqsadida institutning kirish fa’esiga ekran o‘rnatildi. Bu ekranda institutda bo‘lib o‘tayotgan yangiliklardan xabardor etib turiladi.

Read more...

Salomatlik

Salomatlik – nafaqat kasallik yoki jismoniy nuqsonlarning yo‘qligi, balki, to‘liq jismoniy, ruhiy, ijtimoiy xotirjamlik holatidir. Inson salomatligini saqlash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko‘rishning yagona yo‘li sog‘lom turmush tarzi ekanligi endilikda hech kimga sir emas. 

 

Read more...

Kitoblar olamiga sayohat

 “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon – e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir....” (I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch”).

Read more...

BIZNING MANZIL

100070, Toshkent shaxri, Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 64-uy

Tel/Faks: 
(0371) 255-33-28,

(0371) 255-33-07

e-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Saytning oldingi ko'rinishi

2011 MALAKA OSHIRISH INSTITUTI - BOSH SAHIFA. TOSHKENT VILOYATI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Powered by Joomla 1.7 Templates