Institutning o'quv jarayonini tashkil etish bo'limi faoliyati

      Institutda qayta tayyorlash va malaka oshirish rejalari xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari tomonidan taqdim etiladigan buyurtma asosida shakllanadi. Bu rejalar har kalendar yili uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Guruhdagi kurs tinglovchilarining soni malaka oshirish kurslarida 20- 25 nafarni, qayta tayyorlash kurslarida 15-20 nafarni tashkil etadi.
      Institutda o’quv jarayoni tinglovchilar ishdan ajralgan va ajralmagan shakllarda amalga oshirilishi mumkin. O’quv jarayoni Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tayanch o’quv rejalar asosida tashkil qilinadi. Institutlar o’zaro muvofiqlashgan holda mazkur tayanch o’quv rejalarga asosan o’quv-mavzu rejalar va dasturlarni ishlab chiqadilar, 7 tasdiqlaydilar va ro’yobga chiqaradilar. O’quv rejalari va dasturlari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo’yiladigan Davlat talablarini e’tiborga olgan va ularni to’la qondirishga yo’naltirilgan bo’lishi shart.
       Xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirishning davriyligi va qancha davom etishi uni tashkil etish shakllariga hamda pedagogning malakasi (reytingi) darajasini va individual kasbiy ehtiyojini hisobga olgan holda, kadrlar buyurtmachisi tomonidan belgilanadigan talablarga bog’liq bo’ladi.
     Xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish to’g’ridan-to’g’ri shakllarining umumiy davom etish muddati asosiy ishdan ajralgan holda o’qitishda kamida 4 hafta (144 soat), auditoriya mashg’ulotlarining va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
     Malaka oshirishning bilvosita shakllarining davriyligi va qancha davom etishi ta’lim muassasasi tomonidan vazirlik bilan kelishilgan holda, lekin har 3-5 yilda kamida bir marta belgilanadi. 
      Xalq ta'limi xodimlarining qayta tayyorlash vazirlik tomonidan namunaviy o’quv dasturlari asosida tasdiqlanadigan maqsadli ta’lim dasturlari bo’yicha amalga oshiriladi. O’quv yuklamasini rejalashtirishda tinglovchilarning mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratiladi. 
      Qayta tayyorlashning qancha davom etishi ilgari olingan oliy ta’lim darajasiga, qayta tayyorlashning turi va ko’p mehnat talab qilishiga, o’qitish shakllariga bog’liq bo’ladi va asosiy ishdan ajralgan holda o’qitilganda kamida 16 hafta (576 soat) bo’lishi kerak.
     O’quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi. Ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan nopedagogik mutaxassislikka ega kadrlarni dars berib turgan mutaxassisligiga qayta tayyorlash ko’zda tutiladi.
    Institutda tashkil etilayotgan kurslarning dars jadvallarini tuzish, tinglovchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, o’quv jarayonining me’yoriy hujjatlarga mos ravishda o’tishini nazorat qilish va dars soatlarini hisobga olish ishlari o’quv bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. O’quv bo’limi zimmasiga tinglovchilarni qabul qilish va kurslarni tugatganlik haqidagi buyruqlar loyihasini tayyorlash, ularga beriladigan hujjatlar(sertifikat, diplom, reyting daftarchasi)ni rasmiylashtirish, shuningdek, institut professor-o’qituvchilari va taklif etilgan pedagoglarning dars soatlari hisobini olib borish vazifalari yuklatiladi. 
      O’quv mashg’ulotlari Institut o’kuv bo’limi ishlab chiqqan va rektor tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga binoan tashkil etiladi va o’tkaziladi. Mashg’ulotlar juft o’quv soatlari shaklida tashkil etiladi va bunda mashg’ulotlarning davomiyligi 80 minut qilib belgilanadi. 
      O’quv jarayoni ta’limning hududiy boshqaruv organlari bilan kelishgan holda Institutda va ilg’or ta’lim muassasalari bazasida tashkil etilishi, quyidagi turdagi mashg’ulotlardan iborat bo’lishi mumkin: 8 ma’ruzalar, laboratoriya mashg’ulotlari, amaliy mashg’ulotlar, seminarlar, ishchanlik o’yinlari, tajriba almashish darslari, imitatsiya darslari, kasbiy trening, interfaol mashg’ulotlar va hokazo. Ko’chma malaka oshirish kurslari institutning yillik ish rejasiga kiritilgan hamda Xalq ta’limi vazirligining ruhsati asosida belgilangan tartibda tashkil etilishi mumkin. 
     Institutdagi o’quv jarayoni fanlarni yoki ta’lim sohalarini o’qitishning blokli tamoyili asosida tashkil etiladi. Bloklar tayanch o’quv rejalarida ko’rsatilgan bo’ladi. Bunda tayanch o’quv rejaning bir fan yoki turdosh fanlardan iborat qismi blok sifatida yaxlit va uzluksiz tarzda dars jadvaliga qo’yiladi. Har bir blokning tinglovchilar tomonidan qanday o’zlashtirilganligi nazorat qilib boriladi. Nazorat turlari va shakllari (yozma ish, kollokvium, referat, test, ochiq darslar va hokazo) hamda ularni baholash mezonlari institut tomonidan belgilanadi.
     Tinglovchilar o’zlashtirishining yakuniy attestatsiyasi malaka oshirish kursida - test sinovi va malaka ishi himoyasi, qayta tayyorlash kursida - test sinovi va bitiruv ishi himoyasi shaklida 100 ballik tizimda amalga oshiriladi.
       Ishdan ajralmagan holda malaka oshirish ta’limning hududiy boshqaruv organi taklifi va vazirlikning ruhsatiga binoan istisno tariqasida tashkil etilishi mumkin. Bunday kurslardagi mashg’ulotlar asosan pedagoglarning metodik kunlarida, maktabdagi ta’tillar davrida va darsdan bo’sh vaqtlarida o’tkaziladi. Dars jadvallarini tuzishning blokli tamoyillari va tinglovchilar o’zlashtirish darajasini baholash ishdan ajralgan shaklda o’tkaziladigan kurslardagi kabi amalga oshiriladi. 
    Institutdagi ilmiy-metodik izlanishlar o’quv jarayonini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish, metodik tavsiya, qo’llanma va dars ishlanmalarini yaratish maqsadida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Institutdagi ilmiy-tadqiqot ishlari xalq ta’limining va xususan, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonining dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan bo’lib, ularni tashkil etishda va o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o’rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilinadi.

BIZNING MANZIL

100070, Toshkent shaxri, Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 64-uy

Tel/Faks: 
(0371) 255-33-28,

(0371) 255-33-07

e-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Saytning oldingi ko'rinishi

2011 MALAKA OSHIRISH INSTITUTI - BO`LIMLAR. TOSHKENT VILOYATI CHDPI HUZURIDAGI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
Powered by Joomla 1.7 Templates