Hashar elimizga yarashar!

Print
Published Date

Bugun, 11-mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari boshlandi. 

Vazirlar Mahkamasining 2-martdagi farmoyishi asosida O‘zbekistonda mart-aprel oylari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi, deb e’lon qilindi. Uning doirasida 11-12-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Bugun erta tongdan O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lgani kabi bizning Toshkent viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida ham barcha professor-o‘qituvchilarimiz, xodimlarimiz "Hashar elimizga yarashar" shiori ostida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga kirishdilar.

Hasharchilarning sa’y-harakati bilan institut atrofi obodonlashtirildi, daraxtlar oqlandi, yangi mevali ko‘chatlar ekildi.

Eng muhimi, hashar g‘oyat ko‘tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan o‘tmoqda.

Hashar ishlari 12-mart kuni ham faol tarzda davom ettirildi.

BIZNING MANZIL

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Qoramurt ko'chasi 1-uy

Tel/Faks: 
(0371) 263-04-75,

(0371) 263-04-75

e-mail: chdpi_hm@edu.uz

Saytning oldingi ko'rinishi

2011 MALAKA OSHIRISH INSTITUTI - Hashar elimizga yarashar!. TOSHKENT VILOYATI CHDPI HUZURIDAGI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
Powered by Joomla 1.7 Templates