Har tuning qadr o‘lubon, har kuning o‘lsin Navro‘z!

Print
Published Date

2017 yil 17 mart kuni Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida tahsil olayotgan kurs tinglovchilari tomonidan “Navro‘z” bayramiga atalgan badiiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Dastlab tinglovchilar katta tanaffus vaqtida bahor manzarasini hosil qiluvchi bezaklar bilan bezatilgan institut hovlisida xalq sayli tarzida badiiylashtirilgan chiqish qildilar.

Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng institut faollar zalida mazkur tadbirning ikkinchi qismi bo‘ldi. Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar prorektori Sh.Ne’matov kirish so‘zi bilan ochib, barchani yaqinlashib kelayotgan yangilanish va yasharish bayrami bo‘lmish Navro‘zi ayyom bilan qutlab, ushbu tadbir yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami arafasida institutda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning debochasi ekanligini, bunday tadbirlar yana davom etishini alohida ta’kidladi.

Shundan so‘ng kurs tinglovchilari tomonidan tayyorlangan “Har tuning qadr o‘lubon, har kuning o‘lsin Navro‘z!” deb atalgan musiqali-badiiy guldasta taqdim etildi. Tadbirda O‘zbekiston badiiy xoreografiya bilim yurti raqqosa talabalari ham o‘zlarining chiqishlari bilan ishtirok etib davraga alohida fayz ulashdilar.

Institut ma’muriyati bilan kurs tinglovchilari hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bolalar varragi xayolni olgan. 
Bodom gullaridan, quvonadi ko‘z. 
Dillardan mutlaqo g‘ubor yo‘qolgan. 
Xush kelding bahor, xush ko‘rdik Navro‘z! 

Anhorlar oqmoqda suvlarga to‘lib. 
Shukronalik aytdim tinchlikni ko‘rib. 
Mustaqil diyorga, bezaklar bo‘lib. 
Xush kelding bahor, xush ko‘rdik Navro‘z! 

Navro‘zda ulashing ezgu tilaklar. 
Axir tilak bilan, kamaymaydi so‘z. 
Bahor gullaridek yashnab yuraklar. 
Xush kelding bahor, xush ko‘rdik Navro‘z! 

 

BIZNING MANZIL

100070, Toshkent shaxri, Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 64-uy

Tel/Faks: 
(0371) 255-33-28,

(0371) 255-33-07

e-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Saytning oldingi ko'rinishi

2011 MALAKA OSHIRISH INSTITUTI - Har tuning qadr o‘lubon, har kuning o‘lsin Navro‘z!. TOSHKENT VILOYATI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Powered by Joomla 1.7 Templates