Hashar xalqimizga yarashar

Print
Published Date

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi O‘zbekistonda “Obodonlashtirish va tozalik oyligi” deb e’lon qilindi.

Mustaqilligimizning 26 yilligi bayrami arafasida yurtimizning barcha hududlarida uylar, ko‘chalar, mahallalar, qishloqlar, hiyobonlarni tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Bugun, 19 avgust kuni obodonlashtirish ishlari respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, bizning Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida ham ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Umumxalq hasharida institut o‘quv xonalari, daxlizlar, hovli va institutning atrofi obodonlashtirildi. Institut o‘quv xonalari, auditoriyalar yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirildi. Tashkillashtirilgan umumxalq hasharida institutimizning jamoasidagi professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar faol ishtirok etdilar.

Hashar jarayoni lavhalaridan bahramand bo‘lish uchun "facebook" ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifamizga o‘ting! Endi biz haqimizdagi yangiliklarni "facebook" ijtimoiy tarmog‘ida ham kuzatib boring!

 

 

 

BIZNING MANZIL

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Qoramurt ko'chasi 1-uy

Tel/Faks: 
(0371) 263-04-75,

(0371) 263-04-75

e-mail: chdpi_hm@edu.uz

Saytning oldingi ko'rinishi

2011 MALAKA OSHIRISH INSTITUTI - Hashar xalqimizga yarashar. TOSHKENT VILOYATI CHDPI HUZURIDAGI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
Powered by Joomla 1.7 Templates