"Xalq ta'limi" jurnali muharrirlari bilan ilmiy-ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

Print
Published Date

Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2017 yil 13 sentabr kuni “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Ona tili va adabiyot”, “Kimyo” fani o‘qituvchilari hamda “Barkamol avlod bolalar markazi” to‘garak rahbarlari guruh tinglovchilari, institutning barcha professor-o‘qituvchilari bilan “Xalq ta’limi” jurnali bosh muharriri S.Maxmudov, bosh muharrir o‘rinbosari M.Umaraliyeva, ilmiy kotib N.Toshxonov, muharrir M.Barnoyevalarning ijodiy uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda “Xalq ta’limi” jurnalida chop etilayotgan ilmiy salohiyatli maqolalarning mazmun-mohiyati, undagi yangiliklar, bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning yechimlarn keng yoritilayotganligi haqida ma’lumotlar berildi.

Umumta’lim muasssasalarida faoliyat olib borayotgan barcha amaliyotchi o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalariga suyangan holda ilmiy maqolalar tayyorlashi va tahririyatga taqdim etishlari, tahririyat mutasaddi xodimlari ularni“Xalq ta’limi” jurnalida chop etilishida yaqindan amaliy yordam berishlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Ijodiy uchrashuv jarayonida ishtirokchilar tomonidan qiziqarli savollar berildi va ularga bosh muharrir tomonidan javob berilib, qiziqarli savollar mualliflariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

BIZNING MANZIL

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Qoramurt ko'chasi 1-uy

Tel/Faks: 
(0371) 263-04-75,

(0371) 263-04-75

e-mail: chdpi_hm@edu.uz

Saytning oldingi ko'rinishi

2011 MALAKA OSHIRISH INSTITUTI - "Xalq ta'limi" jurnali muharrirlari bilan ilmiy-ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. TOSHKENT VILOYATI CHDPI HUZURIDAGI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
Powered by Joomla 1.7 Templates