“Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafеdrasi bo‘yicha ma’lumotlar

Kafеdra profеssor-o‘qituvchilari «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining «2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»ni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2006 yil 16 fеvraldagi 25-sonli «Pеdagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorlari va Xalq ta’limi vazirligining 2006 yil 7 iyundagi 149-sonli, 2007 yil 3 aprеldagi 90-sonli buyruqlari, institut va kafеdra nizomlari asosida ishlarni amalga oshiradi. Kafedrada fizika, matematika, informatika, kimyo, biologiya, geografiya fanlari asosida o‘qituvchilarining malaka oshirish va qayta tayyorlov kurslari tashkil etiladi.

Kafedraning asosiy vazifalari

  1. Malaka oshirish kurs tinglovchilariga tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishida mutaxassislik fanlarini o‘qitishning dolzarb masalalari ya’ni, XXI asr – globallashuv davrining ijobiy va salbiy xususiyatlarini o‘qituvchi va pedagoglarga yetkazish;
  2. Tinglovchilarga ularning pedagogik faoliyatlarida ilmiy-nazariy va amaliy yechimlarini izlash, asrimizning xususiyatlarini to‘liq anglab yeta oladigan, uning imkoniyatlaridan samarali foydalana oladigan, davrning tezkor o‘zgarishlari va ma’lumotlarini tahlil qilish quvvatiga ega bo‘lgan tushunchalarni yetkazish;
  3. Davlatimiz ravnaqi yo‘lida tinmay izlanish va mehnat qilish uchun yo‘naltira oladigan pedagogik ta’sir yo‘llari va usullarini, zamonaviy metodikalarni, axborot texnologiyalari hamda internet imkoniyatlaridan samarali foydalana olish yo‘llarini aniqlash va ularni ta’lim-tarbiya mazmuni va jarayoniga singdirish;
  4. Tinglovchilarni mutaxassislik fanlari va xususiy metodikadan olgan bilimlariga asoslangan holda o‘quvchilar bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;
  5. Dars jarayonlarini ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni turli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda zamon talablariga mos ravishda olib borish;
  6. Barcha umumkasbiy yo‘nalishdagi kurs tinglovchilari uchun “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” bo‘yicha o‘quv kurs mashg‘ulotlarini tashkil etib, tinglovchilarining internet texnologiyalari bilan ishlash va kompyuter savodxonligi oshirish;
  7. Kafedra professor-o‘qituvchilari umumiy o‘rta ta’limda tabiiy va aniq fanlarni o‘qitilishining dolzarb masalalari, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy metodikalarni, axborot texnologiyalari hamda internet imkoniyatlaridan samarali foydalana olish yo‘llarini aniqlash va ularni qo‘llash yuzasidan viloyat o‘qituvchilariga mashg‘ulotlar olib borish, amaliy seminarlar, seminar-treninglar tashkil etish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
  8. Doimiy ravishda respublika miqyosidagi anjuman va seminarlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etish. Matbuot, radio va televidenieda chiqish qilish;
  9. Institut faoliyatiga doir masalalarni hal etishda, Ilmiy Kengash va rektor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishlarida faol ishtirok etish;
  10. Malaka oshirish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

Respublika miqyosida kafedraning olib borgan ilmiy-amaliy tadbirlari

Kafedra professor-o‘qituvchilari “XXI asrning global xususiyatlari va o‘zgarishlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri muammolari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.

2012 yil 25 aprel kuni institutda kafedra tashkilotchiligida “Geoekologiya: muammolar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada quyidagi sho‘’balar bo‘yicha ma’ruzalar muhokama qilindi:

- Geoekologiyaning ilmiy-nazariy muammolari.

- “Xalqaro Yer kuni”ning ta’limda aks etish masalalari.

- Tabiatni muhofaza qilishning siyosiy-huquqiy va tashkiliy jihatlari.

Konferensiyada Xalq ta’limi vazirligi rahbar xodimlari, respublikamizdagi VXTXQTMO institutlari, O‘zMU, Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI, qator davlat pedagogika institutlari hamda universitetlarining jami 70 nafar professor-o‘qituvchi va magistrlar o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

2013 yil 24 may kuni institutda “XXI asr global xususiyatlari va o‘zgarishlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri muammolari” mavzusida Respublika ilmiy amaliy konferentsiyasi o‘tkazildi.

Yalpi yig’ilish o‘z ishini tamomlagandan so‘ng konferentsiya qatnashchilari 3 ta sho‘’baga bo‘lingan holda quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ishlarini davom ettirdilar.

- XXI asrning global xususiyatlari va ularni ta’lim mazmuniga singdirishning ilmiy-nazariy muammolari.

- Ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot ta’lim vositalarini tatbiq etish masalalari.

Konferensiyada Xalq ta’limi vazirligi rahbar xodimlari, respublikamizdagi VXTXQTMO institutlari, O‘zMU, Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI, qator davlat pedagogika institutlari hamda universitetlarining jami 90 nafar professor-o‘qituvchi va magistrlar o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Hozirgi kunda “Tabiiy va aniq fanlar” kafedrasida asosiy shtatda 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda va ilmiy salohiyat jihatidan

1 nafar pedagogika fanlari doktori, professor

1 nafar texnika fanlari nomzodi, dotsent
2 nafar pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
1 nafar biologiya fanlari nomzodi, dotsent

5 nafar katta o‘qituvchi

Kafedra professor o‘qituvchilari Tabiiy va aniq fanlarning dolzarb masalalari yo‘nalishida ilmiy faoliyat olib bormoqdalar

– M.Musaeva – “O‘quvchi-yoshlarda tabiatga mas’uliyatli yondashuv munosabatini shakllantirishning didaktik tizimi”;

Kafedraning boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari

Kafedra Xalq ta’lim vazirligi xuzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi, Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI, O‘zMU, Nizomiy nomidagi TDPU, TATU kabi nufuzli ta’lim muassasalari bilan ilmiy, ijtimoy hamda amaliy hamkorlik faoliyatlari keng joriy etilgan.

Kafedra bilan aloqa manzili

Telefon raqami: 8(371) 255-42-06 

BIZNING MANZIL

100070, Toshkent shaxri, Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 64-uy

Tel/Faks: 
(0371) 255-33-28,

(0371) 255-33-07

e-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Saytning oldingi ko'rinishi

2011 MALAKA OSHIRISH INSTITUTI - KAFEDRALAR. TOSHKENT VILOYATI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Powered by Joomla 1.7 Templates