O'quv jarayonini tashkil etish bo'limi

Rahbarlarning virtual qabulxonasi

Bizga istalgan masalada qo'rqmasdan murojat qilavering biz xalqimizga xizmat qilamiz.

Raxbarlar qabulxonasi

O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘lim boshlig‘i:

Saidov O‘lmas Raxmatovich

Qabul kunlari: Haftaning har kuni

Telefon raqami: (97) 402-24-75

Elektron pochta manzili: saidov75@umail.uz

 

 

 

Bo‘lim mudirining asosiy vazifalari:

1. Markazda  tashkil etiladigan malaka  oshirish  kurslarining  o‘quv  mashg‘ulotlari  jarayonini  amaldagi  normativ-huquqiy  hujjatlarga mos  ravishda o‘tishini  va  dars  soatlarining  bajarilishini  nazorat  qilish.

2. Malaka  oshirish  kurslariga  tinglovchilarni  nazorat  qilish  va  kurslarni  tugatganligi  haqidagi  buyruqlarni  tayyorlash, ularga  beriladigan  ma’lumotnoma, sertifikatlarni rasmiylashtirish, tinglovchilarga  belgilangan  tartibda  berilishini  tashkil  qilish.

3. Markaz  professor - o‘qituvchilari  va  taklif  etilgan  pedagoglar  tomonidan  oylik  va  yillik  o‘quv  yuklamalarini  bajarilishini  hisoblashini  ta’minlash  va  institut  rahbariyatiga tegishli  ma’lumot  tayyorlash.

4. Kafedralar  tomonidan  institutda  tashkil  etilgan  malaka  oshirish  kurslarining  ishchi  o‘quv-mavzu  rejalari  va  o‘quv  dasturlarining  ishlab  chiqilishini  muvofiqlashtirish. O‘quv va ilmiy   ishlar  bo‘yicha  direktor o‘rinbosari bilan  kelishgan  holda  ularni  markaz direktori  tasdig‘iga  kiritish.

5. Malaka  oshirish  kurslaridagi  o‘quv, amaliy  va  labaratoriya  mashg‘ulotlarini  o‘tkazish  uchun  sharoit  yaratish  hamda  o‘quv  jarayonini  tashkil  etish.

6. Doimiy  ravishda  xalq  ta’limi  muassasalari  faoliyatini  metodik  ta’minlash  va  tashkil  etish  tuman  (shahar)  bo‘limlari  va  malaka  oshirish  toifalari  kesimida malaka  oshirish  rejalarining  bajarilishini  tahlil  qilish  hamda  ma’lumot  tayyorlash.

7. Bo‘limda  olib  boriladigan  barcha  ishlarni  umumiy  nazoratga  olish.

 

Bo‘limning faoliyati haqida:

- O‘JTEB maqsadi,  ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish,   davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlashdan iborat.

- qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda bo‘lim faoliyati quyidagi asosiy vazifalarini bajarishga qaratilgan:

- uzluksiz ta’lim tizimining bir qismi bo‘lgan pedagog kadrlarni malakasini oshirishni tashkil etish hamda uning hozirgi zamon  talablari darajasida bo‘lishini ta’minlash;

- o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;

- Kafedralarining o‘quv, o‘quv-metodik ishlarini muvofiqlashtirish;

- O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;

- Kafedralar va bo‘limlarni o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va institut ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;

- Professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarning o‘quv intizomiga rioya qilishini nazorat qilish;

- Markazda  oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil etilishini nazorat qilish va umumlashtirib tahlil qilish;

- Kafedralarga ishchi o‘quv rejalarni ishlab chiqishda tashkiliy yordam ko‘rsatish;

 - O‘quv jarayoniga taalluqli bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan kafedra professor-o‘qituvchilaridan o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlarni talab qilish;

- hududlardagi ta’lim  muassasalari xodimlarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlar tizimini ishlab chiqish;

- uzluksiz malaka oshirish jarayonini kafedra, bo‘lim va tuman, shahar XTB qoshidagi  metodik markazlar hamkorligida davom ettirish;

 - yuqori tashkilotlarga zaruriy hujjatlar, ma’lumotlar va axborotlar tayyorlash;

- kafedralar bilan hamkorlikda ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish, ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish ilg‘or pedagogik texnaologiyalarini joriy etish ishlarida qatnashish.

 

Shuningdek ushbu bo‘limda:

 

F.I.O. Lavozimi Elektron pochta manzili
Amanova Gulnoza Abdukayumovna Muhandis-dasturchi agulnoz @mail.ru
Abduazimova Lola Rustamovna Bo‘lim dispetcheri alolaxon@ inbox.uz
Nurillaeva Zumrad Uslubchi zumradxon@inbox.uz