Aniq va ta'biy fanlarni o'qitish metodikalari

Rahbarlarning virtual qabulxonasi

Bizga istalgan masalada qo'rqmasdan murojat qilavering biz xalqimizga xizmat qilamiz.

Raxbarlar qabulxonasi

Kafedra mudiri:

p.f.n. Zaynitdinova Ma'suda Abduqodirovna

 
Qabul vaqti:Dushanba-Juma (14:00-16:00)
 
E-mail:zmasuda@mail.ru
 
 
 
Kafedra mudiri: Zaynitdinova Masuda  Abdukadirovnaga 2011 yildan boshlab “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilariga “Ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini boshqarish” “Ilg‘or tajribalar va innovatsiyalar” “Matematika fanini o‘qitishda zamonaviy yondoshuvlar va innovatsiyalar”,  “Matematika o‘qitish metodikasi”, “Umumiy pedagogika”  kabi modullardan ma’ruzalar o‘qiydi.   Rossiya Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi - 2018”  xalqaro ilmiy-amaliy tanlov g‘olibi Xurramova Yulduz Ravshanovnaga ilmiy rahbarlik qilganligi uchun Rossiyaning “Fan va ta’lim” xalqaro ilmiy hamkorlik markazi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlangan. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan  viloyat o‘qituvchilariga trener sifatida o‘quv seminarlar tashkil etib kelmoqda.
 “Boshlang‘ich ta’lim Konsepsiyasi”, “Boshlang‘ich sinflarda matematikadan davlat ta’lim standarti”, matematika o‘quv dasturi,  rus tilida pedagogika tarixi darsligi muallifi. Shuningdek,  o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimini mazmunan boyitish va takomillashtirishga  oid  100 dan ortiq chop etilgan ilmiy-metodik maqolalar, darsliklar, qo‘llanmalar va tavsiyalar  muallifidir.
Kafedra faoliyati: “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 1992 yil 24 apreldagi 122-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Kafedrada matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, informatika fanlari o‘qituvchilari uchun malaka oshirish va  qayta tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
Kafedraning asosiy vazifalari: 
  1. Aniq  va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha Hukumat Qaror va Farmonlarini bajarish va amaliyotga tadbiq etish;
  2. Kafedra professor-o‘qituvchilari faoliyatida sog‘lom ijodiy raqobatni, tashabbuskorlikni,  innovatsiyalarni, ilg‘or g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
  3. O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
  4. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
  5. Institutda Axborot xavfsizligi siyosati va ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishida jahon tajribalaridan foydalanish;
  6. Tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quv-laboratoriya jixozlaridan  samarali foydalanishdagi muammolarni o‘rganish va tahlil qilish, joylarga amaliy yordam ko‘rsatish;
  7. Kurslarda mashg‘ulotlarni olib borish uchun malakali mutaxassislar, olimlar, darslik mualliflari, ijodkor va novator o‘qituvchilarni jalb qilish;
  8. Viloyatda “Matematika”, “Fizika”, “Informatika”, “Kimyo”, “Biologiya”, ”Geografiya” fanlarining maktablarda o‘qitilishini mazmunan chuqurlashtirishga e’tibor berish; ta’lim muassasalariga amaliy yordam ko‘rsatish;
  9. Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan ko‘rik-tanlovlar, «Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi», “Bilimlar bellashuvi”  tadbirlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ishtirok etish;
  10. Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida  maktablardagi ijodkor o‘qituvchilarning ishlarini o‘rganish va ommalashtirishga tavsiya etish;
  11. 2019 - “Faol investitsiyalar va ijtiomiy rivojlanish” yilining asosiy maqsadi, mazmun va mohiyatini tinglovchilar ongiga yetkazish;
  12. Buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari va muhim sanalarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
  13. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tajribalarni ommmalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi xodimlari hamda Toshkent viloyati tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘lim mudirlari, inspektor-metodistlari, tayanch maktab direktorlari ishtirokida viloyat o‘qituvchilariga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish;
  14. Fanlar kesimida “Tayanch maktablari” faoliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;
  15. Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida  tinglovchining kursdan keyingi faoliyat samaradorligini o‘rganish yo‘nalishida ishlarni rivojlantirish;
  16. Professor-o‘qituvchilarning yillik nashr ishlari va ilmiy-metodik, amaliy konferensiyalarda ishtirokini ta’minlash;
  17. Institut faoliyatiga doir masalalarni hal etishda  Ilmiy-metodik  Kengash va direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishlarida faol ishtirok etish;
  18. Markaz ARMda tinglovchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan kafedraning mteodik burchagini metodik adabiyotlar bilan boyitib borish.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibining ilmiy salohiyati:

 

Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 12 nafar, o‘rindoshlik asosda 7 nafar va soatbay asosida 6 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, 

   2 nafar fizika-matematika fanlari doktori, professor;  
   1 nafar fizika-matematika fanlari, dotsent;
   1 nafar pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;
   3 nafar texnika fanlari nomzodi, dotsent;
   1 nafar geografiya fanlari nomzodi;
   12 nafar katta o‘qituvchi.

Kafedraning korporativ hamkorligi va aloqalari:

  • O‘zbekiston Milliy Universiteti;
  • Nizomiy nomidagi TDPU;
  • Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalrini rivojlantirish markazi;
  • Respublika ta’lim markazi;

Kafedra ma’naviy- ma’rifiy faoliyatining yo‘nalishlari:

Tinglovchilarni  Respublikamizdagi muzeylar, ko‘rgazmalar, tarixiy qadamjolar  va madaniy  yodgorliklar bilan yaqindan  tanishtirish  maqsadida  turli ekskursiyalar uyushtirish.
Malaka oshirish kurslari tinglovchilari bilan:

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov muzeyiga sayohat;

“7 aprel - Butunjoxon sog‘liqni saqlash kuni”;

10 aprel - “Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” mavzusida sport musobaqasi

14 mart “Pi kuni” munosabati bilan davra suhbati;

“22 aprel - Xalqaro Ona Yer kuni ” ga bag‘ishlangan tadbir.

“Botanika” bog‘iga , Geologiya, Politexnika muzeyiga sayohat.

A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI.

Kafedra a’zolari haqida ma’lumot:

Sarimova Dildora Soatalievna - Nizomiy nomidagi TDPU mustaqil tadqiqotchisi. “Kimyo fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonini axborot texnologiyalari vositasida takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayonlarini samarali tashkil etish va takomillashtirishda 100ga yaqin ilmiy-metodik maqolalar, qo‘llanmalar va uslubiy tavsiyalar muallifi.

 

 

Xalikova Nilufar Mirkadirovna – katta o‘qituvchi. Informatika va barcha fanlar yo‘nalishi o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayonlarini samarali tashkil etish va takomillashtirishda ilmiy-metodik maqolalar va uslubiy tavsiyalar muallifi.

 

 

 
 

Sultanova Adas Mamadalievna- Sultanova Adas Mamadalievna Qoriy Niyozi nomli O‘zbekiston  Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil tadqiqotchisi. “Matematikadan malaka oshirish kurslari uchun 3D tizimli interaktiv majmualar yaratish joriy etish” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Matematika va informatika fanlari dan 50ga yaqin ilmiy-metodik maqolalar, qo‘llanmalar muallifi.

 
 
 
 
Suyarov Qusharbay Tashbaevich 2019 yildan boshlab “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilariga“Fizika fanini o‘qitishda zamonaviy yondoshuvlar va innovatsiyalar” “Fizika fanini o‘qitish metodikasi”, “Tanlov o‘quv moduli”  kabi modullardan ma’ruzalar o‘qiydi.  
“Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni , “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni,   “O‘z kasbining ustasi” belgisi.

HAMMUALIFLIKDAGI   NASHR  ISHLARI

  1. Fizika. Akademik  litseylar uchun. 1-qism.  Ma’ruzalar  matni. Mexanika va molekulyar fizika.  Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanmasi “ Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv  adabiyoti” Respublika tanlovida g‘olib deb topilgan va   I- darajali diplom bilan taqdirlangan. 2005 yil.    
  2. Fizika. 1-kitob.  Mexanika va molekulyar fizika.  Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanmasi “ Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv  adabiyoti” Respublika tanlovida g‘olib deb topilgan va III- darajali diplom bilan taqdirlangan. 2007 yil.
  3. Umumta’lim maktablarida fizika fanidan laboratoriya ishlarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanmasi.  Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv  adabiyoti” Respublika tanlovida g‘olib deb topilgan va III- darajali diplom bilan taqdirlangan. 2007 yil.
  4. O’rta maxsus kasb-hunar muassasalarida fizika fanidan laboratoriya ishlarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanmasi.  Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv  adabiyoti” Respublika tanlovida g‘olib deb topilgan va II- darajali diplom bilan taqdirlangan. 2009 yil.
  5. Fizika. 6, 8, 9- sinflar  uchun o‘kuv darsliklari
  6. Ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internat hamda ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘tiladigan sinflar uchun darslik. (“Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalarni qayta ko‘rib chiqish hamda yangilarini yaratish bo‘yicha” 2014 yil O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligining  9 iyuldagi 135 –sonli bayonga asosan mualliflar tanlovi g‘olibligi qo‘lga kiritilgan.)
  7. Suyarov  K.T., Usmonov Sh.N., Usarov J.E. Fizika. 1-kitob  Mexanika. Maktab, akademik  litsey o‘quvchilari  va abiturentlarga  yordamchi  qo‘llanma.  –T., «Yangi  nashr» , 2016. –352 b.
  8. Suyarov  K.T., Usmonov Sh.N., Usarov J.E. Fizika. 2-kitob  Molekulyar  fizika. Maktab, akademik  litsey o‘quvchilari  va abiturentlarga  yordamchi  qo‘llanma.  –T., «Yangi  nashr» , 2016. –240 b.
  9. Tursunmetov K.  Turdiev N.Sh., Suyarov  K.T.,Usarov J.E.,Ganiev A.G.,Avliyokulov.A   Fizika. 10-sinf. O‘rta ta’lim muassasalari va o‘rta maxsus,  kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik. Toshkent   “NISO POLIGRAF» -2017, 176 bet ( 11 taboq).
  10. Tursunmetov K. Turdiev N.Sh., Suyarov  K.T.,Usarov J.E.,Ganiev A.G., Avliyokulov.A.   Fizika. 11- sinf. O‘rta ta’lim muassasalari va o‘rta maxsus,  kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik. Toshkent   “NISO POLIGRAF» -2018, 176 bet ( 11 taboq).
  11. P.Xabibullaev. A.Boydedaev. A.Baxromov. J.Usarov. K.Suyarov.  M.Yuldasheva. Fizika. Umumiy o‘rta ta’lim  maktablarining 8-sinfi uchun darslik. Toshkent. O‘qituvchi nashriyoti.  2019 yil  176 bet (bosma taboq  11,0).
  12. P.Xabibullaev. A.Boydedaev. A.Baxromov. K.Suyarov. J.Usarov. M.Yuldasheva.Fizika. Umumiy o‘rta ta’lim  maktablarining 8-sinfi uchun darslik.Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot.  2019 yil  176 bet (bosma taboq  11,0).

 

Oxunboev Muzaffar Ibragimovich. 2017  yildan boshlab “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi v.b.dotsent.Texnika fanlar nomzodi Matematika va informatika fanlari dan 50ga yaqin ilmiy-metodik maqolalar, qo‘llanmalar muallifi.