Aniq va tabiiy fanlar metodikasi

Rahbarlarning virtual qabulxonasi

Bizga istalgan masalada qo'rqmasdan murojat qilavering biz xalqimizga xizmat qilamiz.

Raxbarlar qabulxonasi

Kafedra mudiri:

Qodirov Qahramon Raxmonovich

 
Qabul vaqti:Dushanba-Juma (14:00-16:00)
 
E-mail:qqreht6873@gmail.com
 
 
 
Kafedra mudiri: Qodirov Qahramon Raxmonovichga 2024 yildan boshlab “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilariga “Ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini boshqarish” “Ilg‘or tajribalar va innovatsiyalar” “Matematika fanini o‘qitishda zamonaviy yondoshuvlar va innovatsiyalar”,  “Matematika o‘qitish metodikasi”, “Umumiy pedagogika”  kabi modullardan ma’ruzalar o‘qiydi.   Rossiya Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi - 2018”  xalqaro ilmiy-amaliy tanlov g‘olibi Xurramova Yulduz Ravshanovnaga ilmiy rahbarlik qilganligi uchun Rossiyaning “Fan va ta’lim” xalqaro ilmiy hamkorlik markazi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlangan. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan  viloyat o‘qituvchilariga trener sifatida o‘quv seminarlar tashkil etib kelmoqda.
 “Boshlang‘ich ta’lim Konsepsiyasi”, “Boshlang‘ich sinflarda matematikadan davlat ta’lim standarti”, matematika o‘quv dasturi,  rus tilida pedagogika tarixi darsligi muallifi. Shuningdek,  o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimini mazmunan boyitish va takomillashtirishga  oid  100 dan ortiq chop etilgan ilmiy-metodik maqolalar, darsliklar, qo‘llanmalar va tavsiyalar  muallifidir.
Kafedra faoliyati: “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 1992 yil 24 apreldagi 122-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Kafedrada matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, informatika fanlari o‘qituvchilari uchun malaka oshirish va  qayta tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
Kafedraning asosiy vazifalari: 
  1. Aniq  va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha Hukumat Qaror va Farmonlarini bajarish va amaliyotga tadbiq etish;
  2. Kafedra professor-o‘qituvchilari faoliyatida sog‘lom ijodiy raqobatni, tashabbuskorlikni,  innovatsiyalarni, ilg‘or g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
  3. O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
  4. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
  5. Institutda Axborot xavfsizligi siyosati va ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishida jahon tajribalaridan foydalanish;
  6. Tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quv-laboratoriya jixozlaridan  samarali foydalanishdagi muammolarni o‘rganish va tahlil qilish, joylarga amaliy yordam ko‘rsatish;
  7. Kurslarda mashg‘ulotlarni olib borish uchun malakali mutaxassislar, olimlar, darslik mualliflari, ijodkor va novator o‘qituvchilarni jalb qilish;
  8. Viloyatda “Matematika”, “Fizika”, “Informatika”, “Kimyo”, “Biologiya”, ”Geografiya” fanlarining maktablarda o‘qitilishini mazmunan chuqurlashtirishga e’tibor berish; ta’lim muassasalariga amaliy yordam ko‘rsatish;
  9. Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan ko‘rik-tanlovlar, «Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi», “Bilimlar bellashuvi”  tadbirlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ishtirok etish;
  10. Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida  maktablardagi ijodkor o‘qituvchilarning ishlarini o‘rganish va ommalashtirishga tavsiya etish;
  11. 2019 - “Faol investitsiyalar va ijtiomiy rivojlanish” yilining asosiy maqsadi, mazmun va mohiyatini tinglovchilar ongiga yetkazish;
  12. Buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari va muhim sanalarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
  13. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tajribalarni ommmalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi xodimlari hamda Toshkent viloyati tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘lim mudirlari, inspektor-metodistlari, tayanch maktab direktorlari ishtirokida viloyat o‘qituvchilariga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish;
  14. Fanlar kesimida “Tayanch maktablari” faoliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;
  15. Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida  tinglovchining kursdan keyingi faoliyat samaradorligini o‘rganish yo‘nalishida ishlarni rivojlantirish;
  16. Professor-o‘qituvchilarning yillik nashr ishlari va ilmiy-metodik, amaliy konferensiyalarda ishtirokini ta’minlash;
  17. Institut faoliyatiga doir masalalarni hal etishda  Ilmiy-metodik  Kengash va direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishlarida faol ishtirok etish;
  18. Markaz ARMda tinglovchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan kafedraning mteodik burchagini metodik adabiyotlar bilan boyitib borish.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibining ilmiy salohiyati:

 

Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 12 nafar, o‘rindoshlik asosda 7 nafar va soatbay asosida 6 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, 

   2 nafar fizika-matematika fanlari doktori, professor;  
   1 nafar fizika-matematika fanlari, dotsent;
   1 nafar pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;
   3 nafar texnika fanlari nomzodi, dotsent;
   1 nafar geografiya fanlari nomzodi;
   12 nafar katta o‘qituvchi.

Kafedraning korporativ hamkorligi va aloqalari:

  • O‘zbekiston Milliy Universiteti;
  • Nizomiy nomidagi TDPU;
  • Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalrini rivojlantirish markazi;
  • Respublika ta’lim markazi;

Kafedra ma’naviy- ma’rifiy faoliyatining yo‘nalishlari:

Tinglovchilarni  Respublikamizdagi muzeylar, ko‘rgazmalar, tarixiy qadamjolar  va madaniy  yodgorliklar bilan yaqindan  tanishtirish  maqsadida  turli ekskursiyalar uyushtirish.
Malaka oshirish kurslari tinglovchilari bilan:

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov muzeyiga sayohat;

“7 aprel - Butunjoxon sog‘liqni saqlash kuni”;

10 aprel - “Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” mavzusida sport musobaqasi

14 mart “Pi kuni” munosabati bilan davra suhbati;

“22 aprel - Xalqaro Ona Yer kuni ” ga bag‘ishlangan tadbir.

“Botanika” bog‘iga , Geologiya, Politexnika muzeyiga sayohat.

A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI.

Kafedra a’zolari haqida ma’lumot:

Xolmuminov Oybek Tuxtayevich

Tursunov O'ktam

Sattarova Nozima

Karimov Norbek

Usmonov Shohrux

Yaxshiyev Sherali

Sarimova Dildora Soatalievna