Building
(GMT+5)

Maxsus imkoniyatlar

Shrift o'lchami:
Sayt ko'rinishi:
Ovozli o'qish (Matnni belgilang va tinglang):
← Yangiliklarga qaytish

Mentorlar tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi boshlandi

23.09.2026 · Ko'rishlar: 52

#mentorlar_kursi

✅ Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarini tashkil etish uchun mentorlarni tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi boshlandi.


🗣 Tadbirni Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Kalmuratov Timur Nagmetullayevich ochib berdi.

U o‘z nutqida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlarni sifatli tashkil etish, pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda mentorlarning bu jarayondagi mas’uliyati va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, hududlarda “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarini samarali tashkil etishda mentorlarning bilim va tajribasi muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.


💬 Mashg‘ulotlar avvalida mentorlar markazda yaratilgan zamonaviy sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdilar.


💬 Dasturga muvofiq, seminar davomida bolalarning hayot xavfsizligini ta’minlash va xavfsiz muhit yaratish, bolalarda kasblar haqidagi dastlabki tasavvurlarni shakllantirish hamda “Kelajak soati”ni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida samarali yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda


🗣 Seminar 25-sentabrga qadar davom etadi va unda mentorlar metodik faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha zarur bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.


AI
ИИ-Помощник
В сети
Здравствуйте! Я официальный ИИ-помощник платформы pedagogika.uz. Вы можете задать любой вопрос о наших курсах, новостях, вебинарах или руководстве центра на русском языке.