O‘ZBEK TILI — MILLIY IFTIXOR
#ÖzbekTiliBayrami #MilliyIftixor #OnaTilim #PedagogikMahoratMarkazi
🌐21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazida “O‘zbek tili — milliy iftixor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🗣 Tadbirda ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni ifoda etishdagi beqiyos o‘rni, davlat tili sifatidagi nufuzi hamda uni asrab-avaylash va rivojlantirishning dolzarb masalalari haqida so‘z yuritildi.
📚 Ta’kidlanganidek, til — millatning ma’naviy qiyofasi, tarixiy xotirasi va bebaho boyligidir. Uni e’zozlash, sofligini saqlash, kundalik hayotda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash har birimizning mas’uliyatli vazifamizdir.
🎓 Shuningdek, ta’lim tizimida davlat tilining nufuzini yanada oshirish, pedagoglarning nutq madaniyatini yuksaltirish, o‘quvchi-yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash muhimligi qayd etildi.
✨ Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ona tilimizga bo‘lgan ehtiromni kuchaytirish, milliy o‘zligimizni anglash va o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Ona tilimiz — milliy iftixorimiz, ma’naviy merosimiz va kelajagimiz poydevoridir!
📲 Bizni kuzatib boring:


