Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi metodistlari xalqaro o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etmoqda
#xalqaro_seminar
✅ Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Jorjtaun universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminarda Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi metodistlari ham faol ishtirok etmoqda.
📃 Seminarning ikkinchi kuni davomida ishtirokchilar o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’limni loyihalash, sun’iy intellekt yordamida darslarni rejalashtirish va topshiriqlar yaratish, samarali promptlar tuzish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlamoqda.
🗣 Shuningdek, seminar doirasida ta’limni loyihalash modellari hamda onlayn kurslar tuzilishi o‘rganilib, sun’iy intellekt savodxonligiga oid onlayn kursning dastlabki tuzilmasini ishlab chiqish jarayonlarida ishtirok etilmoqda.