✅Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
#kiberxavfsizlik
🧭Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida huquqbuzarliklarning oldini olish, kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
🌐Tadbirda Toshkent viloyati prokuraturasining katta prokurori Ibragimov Ulug‘bek Ibragimovich hamda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi katta tergovchisi Rahmatullayev Shohrux Baxrom o‘g‘li ishtirok etdilar.
🖥Uchrashuv davomida internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, kiberjinoyatlarning oldini olish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internet firibgarligidan saqlanish hamda kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.
🛡Shuningdek, internet orqali sodir etiladigan firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlar va hisob ma’lumotlarini himoya qilish, shuningdek, huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlikni anglash muhimligi ta’kidlandi
© Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🚀