VAZIR O‘RINBOSARI BUXORO SHAHRIDAGI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
🔆Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari Mehriniso Pardayeva Buxoro viloyatida bo‘lib, bir qator ta’lim muassasalari faoliyati, ularda yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
➡️Tashrifning dastlabki manzili Buxoro shahridagi 29-umumta’lim maktabi bo‘ldi.
📎Maktabda o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularga amaliy ko‘nikmalar berish hamda kelajak kasbini ongli tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida qator o‘quv-amaliyot xonalari tashkil etilgan.
📌Jumladan, IT, yigit-qizlar sartaroshligi, elektrotexnika, tikuvchilik va zardo‘zlik, patdo‘zlik hamda pazandachilik yo‘nalishlaridagi maxsus xonalar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, kasbiy mahoratini shakllantirish va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni egallashiga xizmat qilmoqda.
💻
Shuningdek, vazir o‘rinbosariga maktabda joriy etilgan elektron davomat tizimining ishlash tartibi va imkoniyatlari namoyish etildi. Bu kabi raqamli yechimlar ta’lim jarayonini samarali boshqarish, davomat ustidan tizimli nazoratni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega.
✔️Tashrif davomida ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda maktabga jalb etilgan xorijlik o‘qituvchining faoliyati bilan ham tanishildi.
⚡️O‘rganish jarayonida o‘quv-amaliyot xonalarining jihozlanishi va mashg‘ulotlarni tashkil etish holati ko‘zdan kechirilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berild






