Rahbarlarning virtual qabulxonasi

Bizga istalgan masalada qo'rqmasdan murojat qilavering biz xalqimizga xizmat qilamiz.

Raxbarlar qabulxonasi

Ta’lim jarayonini vizuallashtirish turkumidan…

Mualliflar: p.f.n. Sayfurov D.M., Rizakulov A.

Infografika (lotin. Informatio – xabardor qilish, aniqlik kiritish, ta’riflash) – bu murakkab va katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va aniq taqdim qilishga mo‘ljallangan ma’lumotlarning grafik interpretatsiyasi (shakli), “ma’lumot beruvchi grafik dizayn” hisoblanadi.

Infografika keng qamrovli va juda ko‘p sohalarda qo‘llaniladi. Jumladan: geografiya, jurnalistika, ta’lim, statistika, texnik matnlarni aks ettirishda qo‘llaniladi.

 

 

 

Infografika katta hajmdagi ma’lumotlarni ixchamlashtirish, unda aks ettirilgan predmetlarning o‘zaro munosbatlari, mantiqan bog‘lanishi va vazifalarini yaqqol ko‘rsata oladigan grafik yechim hisoblanadi.

Infografika – azaldan reklama sohasida ko‘proq qo‘llanilgan, texnika texnologiya rivojlanishi va axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim, ijtimoiy soha va insoniyatning turmush tarziga singib ketgani uchun iste’molchiga uzatiladigan ma’lumot va g‘oyalarning vizual ko‘rinishi tariqasida jadal tarzda hayotimizga kirib keldi.

 

Infografikaning ta’lim sohasidagi vazifasi esa – shakli va mazmuni jihatidan, ko‘rinishidan murakkab ma’lumotlarni keng auditoriyaga tez va tushunarli, ya’ni mantiqiy bog‘liqlik orqali taqdim etish va yetkazish maqsad qilib olingan.

Infografika vositalari illyustratsiya tasvirlargina bo‘lib qolmay balki grafiklar, diagrammalar, blok-sxemalar, jadvallar, xaritalar, ro‘yxatlarni va boshqa shu kabi ma’lumotlarning grafik tarzda aks ettiriladigan shakllarini o‘z ichiga oladi.

 

 

Infografika dizayni to‘g‘risida ikkita qarama-qarshi yondoshuv mavjud: 
– birinchisi tadqiqot (tadqiqiy) (ingl. explorative), taqdim etiladigan axborot dizayni ishlariga asos solgan Edvard Tafti tomonidan olg‘a surilgan. Uning qarashlarida infografika minimallik tabiatida bo‘lishi, ma’lumotni uzatishdagi barcha narsalar chetlashtirilib ma’lumotning o‘zi maksimal darajada anik aks ettirilishi shart degan qarash aytiladi. 
Bu yondoshuvning asossiy maqsadi ma’lum auditoriyaga zarur ma’lumotni yetqazishga xarakat qilish. Bunday yondoshuv ilmiy ishlarda, ma’lumotlar taxlilida, biznes-analitikada o‘zining asosli jixatlarini ko‘rsata oldi.

 

– ikkinchi yondoshuv syujetli, qissali (ingl. narrative) yondoshuv, 1978-yildan 1994-yilgacha “Time” jurnalidagi illyustratsiya qilingan ustunlarga “explanation graphics” – “Izohli illyustratsiya” nomini bergan Naygel Xolmsga ta’luqli. Bu yondoshuv o‘qish uchun jalb qiladigan ifodali dizayn va illyustratsiyaviylik obrazlarni yaratishga intilish bilan xarakterlanadi.

Bunda nafaqat ma’lumot olish vositasi, balki ma’lumot iste’molchilari (jurnal o‘quvchilari) uchun maroq hamdir. Mazkur yondoshuv jurnalistika, bloglar, marketing va reklama materiallari sohalarida ko‘proq qo‘llaniladi.

 

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkin, infografikaning asoschilari ta’kidlagan zarur ma’lumotni – ma’lumot iste’molchisi (ta’lim oluvchi)larga yetkazish va uni ajratib olishni nazarda tutgan bo‘lsa, qissali (ya’ni har bir rasm yoki grafik elementning ma’nosi va tarixi aks ettirilgan) yondoshuv esa o‘quvchi amalga oshiradigan xulosani o‘zida aks ettiradi.
Infografika statistika ma’lumotlarni talqin va tahli qilishda ham ishlatilishi ham mumkin.

 

Ta'limda infografik elementlardan foydalanish uchun 7 ta sabab:
  1. Infografika kasbga o‘rgatishda – ta’lim oluvchida tasavvurni rivojlantirishga va shakllantirishga yordam beradi;
  2. Ta’lim jarayonining ko‘rgazmalilik darajasini orttiradi;
  3. Ta’lim jarayonini vizuallashtirish orqali o‘zlashtirish darajasini orttirishga yordam beradi;
  4. Kasbning ijtimoiy portretini aks ettirish orqali ta’lim oluvchida kasbni o‘rganishga motivatsiya uyg‘otadi;
  5. Kasbning ijtimoiy-iqtisodiy portretini qurish orqali ta’lim oluvchida ertangi kunga ishonch orttirishga va kasbni yuqori cho‘qqilarini egallash uchun uzoq muddatli rejalar qurishga undaydi;
  6. Kichik mutaxassislar tayyorlashda kasb mavqyei haqidagi axborotni ta’lim oluvchiga to‘liq yetkazishga;
  7. Infografika ta’lim berish jarayonida Milliy istiqlol g‘oyasini yanada chuqur singdirish imkoniyatini beradi.