Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib berish va sifatini baholash bo'limi

Rahbarlarning virtual qabulxonasi

Bizga istalgan masalada qo'rqmasdan murojat qilavering biz xalqimizga xizmat qilamiz.

Raxbarlar qabulxonasi

Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib berish va sifatini baholash bo'limi boshlig‘i: 

Muxamedjanova Nodira Sunnatovna

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Fizik

Telefon raqami: +998 95 144 26 72

Qabul kunlari: Dushanba-shanba

Elektron pochta manzili:  akich_2017@mail.ru

 

 

Bo‘lim boshlig’ining asosiy vazifalari:

- bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bo‘lim faoliyatini tashkil etish, bo‘limga umumiy rahbarlik qilish va bo‘lim ishlarini rejalashtirish hamda uning bajarilishini nazorat qilish;

-  bo‘lim xodimlarining vazifalarini taqsimlash, mehnat intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;

- bo‘limning ish rejasi, bo‘lim xodimlarining shaxsiy ish rejalari, hamda bo‘lim faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;

-  xalq ta’limi vazirligi va markaz rahbariyatining bo‘lim faoliyati yo‘nalishidagi ko‘rsatma va farmoyishlarining bajarilishini tashkil qilish va nazoratini ta’minlash;

- ilmiy kengash va direktor huzuridagi ishlab chiqarish majlislarida qatnashish, bo‘lim faoliyatiga oid tegishli hisobot berib borish;

-  monitoring va tahlil natijalariga oid materiallarni ilmiy kengashda muhokama qilishga tayyorlash;

- markazda olib borilayotgan qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirib borish;

- markaz kafedralari, Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi huzuridagi viloyat metodika markazi va xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari bilan hamkorlikda malaka oshirish va qayta tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, tegishli tartibda rasmiylashtirish jarayonini amalga oshirish;

- markaz kafedralari bilan hamkorlikda pedagog xodimlarning uzluksiz malaka oshirishida “Mahorat maktabi” faoliyatini monitoring qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;

- markaz professor-o‘qituvchilari faoliyati monitoringi bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhida ishtirok etish;

- bo‘lim xodimlarini o‘z ustida ishlashi, kasbiy bilimlarini oshirishini nazorat qilishda hamda kafedralardan biriktirilgan mas’ul xodimlarning ish natijasiga ko‘ra ularning faoliyatiga baho beradi, ularni rag‘batlantirish bo‘yicha markaz  rahbariyatiga takliflar kiritadi;

- bo‘limga xodimlarni shtat jadvaliga asosan ishga qabul qilish yuzasidan markaz rahbariyatiga takliflar beradi;

- sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

bo‘limning faoliyati haqida:

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

“Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash” bo‘limining asosiy maqsqad va vazifalari:  “Kadrlar  tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi, ta’lim-tarbiya jarayonida O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining xalq ta’limi sohasiga oid qarorlari, olib borilayotgan islohotlar, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini  amalga oshirish, Xalq  ta’limi vazirligining Hay’at qarorlarini, me’yoriy-huquqiy hujjat va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini o‘z vaqtida talab darajasida bajarilishini nazorat-tahlil qilish, ularning monitoringini amalga oshirish va sifatini baholash;

-UO‘T muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarni  qayta tayyorlash va malakasini oshirishga bo‘lgan talablari monitoringini olib borish;

-markaz  moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish;

-hududiy markazda tashkil etilgan kurslarda tinglovchilar tomonidan toifalar bo‘yicha qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yilgan malaka talablarining bajarilishini tahlil qilish, uning natijalari asosida ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

-tinglovchilar fikrlarini so‘rovnomalar orqali o‘rganish asosida kurslarning tashkiliy masalalari, mashg‘ulotlar mazmuni va markazdagi barcha xizmatlar  ahvoli haqidagi ma’lumotlarni o‘rgatish asosida tegishli tavsiyalar tayyorlash;

- pedagog xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha taqdim etilgan buyurtmalarni umumlashtirish hamda O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda Hududiy markazning kelgusi kalendar yiliga mo‘ljallangan va istiqboldagi malaka oshirish rejalari loyihasini ishlab chiqish;

-hamkorlikda pedagog xodimlarning malaka oshirishdan keyingi kasbiy faoliyati monitoringini olib borish;

-qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida egallangan bilimlar va ko‘nikmalarni baholash mezonlari, yakuniy attestatsiya o‘tkazish tartibi, ta’lim jarayoni sifatini baxolash monitoringi mexanizmlarini amalga oshirish;

-Hududiy markaz kafedralari bilan hamkorlikda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan nazorat turlari uchun test savollari bazasini yaratish hamda ularning yangilanib borilishini nazorat qilish;

-Hududiy markaz kafedralari bilan hamkorlikda malaka oshirish tizimi sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

-o‘quv kurslar yakunida o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlikni amalga oshirish;

-belgilangan “Vaqt me’yorlari” asosida Hududiy markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan pedagogik yuklama bajarilishini monitoringini olib borish;

- qayta tayyorlashda tashkil etilgan guruhlarni o‘qish jarayonini nazoratga olish;

- chiqish test natijalari asosida malaka oshirish tinglovchilarining  o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha monitoring qilish va natijalarini tumanlarga xat orqali yetkazish;

-viloyat hududidagi ta’lim muassasalarining metodik xizmatga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va markazning professor-o‘qituvchilarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirib borishini nazoratga olish.

- markaz professor-o‘qituvchilaring o‘zoro tajriba almashinuvini monitoring qilish;

-markaz kafedralari bilan hamkorlikda pedagog xodimlaming uzluksiz malaka oshirishida “Mahorat maktabi” faoliyatini monitoring qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;

Shuningdek ushbu bo‘limda:

F.I.O.

Lavozimi

Elektron pochta manzili

Babojonova Nodira Urazalievna

Yetakchi mutaxassis

 

Ziyadullaeva Kamola Xaitboevna

Metodist