Rahbarlarning virtual qabulxonasi
Bizga istalgan masalada qo'rqmasdan murojat qilavering biz xalqimizga xizmat qilamiz.
Raxbarlar qabulxonasiPernekulov Talgat Almaxanbetovich
Qabul kunlari: har kuni
Telefon raqami: (97) 420-99-83
Elektron pochta manzili: talgat79@umail.uz
Bo‘lim mudirining asosiy vazifalari:
a) Umumiy bo‘lim va arxiv ishini takomillashtiradi;
b) markazga yuqori va turli tashkilotlardan keladigan kundalik aloqa xatlarni, rasmiy javoblarni o‘z vaqtida o‘rganadi va har kuni muntazam ravishda markaz rahbariga taqdim etadi;
v) markaz rahbari ko‘rsatmasi asosida taqdim etilgan xat-xabarlarni bo‘lim va kafedralarga o‘z vaqtida yetkazishni, rasmiy javoblarning ijrosini nazorat qiladi;
g) hujjatlarni muddatida rasmiylashtiradi va ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
d) kun davomida markazga kelib tushgan xatlarni qabul qilib o‘rganadi va masalalar mazmun-mohiyatidan kelib chiqib tegishli choralar ko‘rish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;
d) bajarilish muddatidan kechikkan hujjatlarni sababchilarini aniqlaydi hamda markaz rahbariga intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha taklif kiritadi;
ye) markaz faoliyatida tashkil etiladigan turli tadbirlarda faol ishtirok etish;
j) kompyuter va boshqa moddiy-texnika jihozlarning yaxshi saqlanishi, maqsadli va nuqsonsiz ishlashini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Bo‘limning faoliyati haqida:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Xalq ta’limi vazirligi buyruqlari, markaz hay’at qarorlari, buyruqlari, rahbar ko‘rsatmalari va markaz faoliyatiga oid boshqa huquqiy hujjatlarni puxta o‘zlashtirib boradi va o‘z faoliyatini ularga asosan tashkil etadi.
Quyidagilar bo‘lim vazifalari hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror, farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmon, faroyishlari, Xalq ta’limi vazirligi buyruqlari hamda turli tashkilotlardan kelib tushgan me’yoriy hujjatlarning puxta o‘rgangan holda ijrosi ta’minlanishini nazorat qilib boradi.
- markaz rahbaridan chiquvchi buyruq, xatlar va boshqa xujjatlarni tezkorlik bilan belgilangan tartibda ko‘paytirib, kafedra, bo‘limlarga yetkazish maqsadida ular bilan xamkorlikda ishlarni tashkil etadi va yuborilishini nazorat qiladi;
- kafedra va bo‘limlarda xujjatlar yig‘ma jildi, kiruvchi va chiquvchi xujjatlarni ro‘yxatga olish axvolini o‘rganadi hamda natijasi haqida oylik, yarim yillik va yil yakunlari bo‘yicha tegishli ma’lumotnomalar tayyorlaydi hamda rahbariyatga taqdim etadi;
- arxiv xujjatlarini shakllantirish, saqlashini ta’minlaydi, hisobini olib boradi hamda ulardan foydalanishiga imkon yaratadi;
Markaz direktori xuzuridagi ishlab chiqarish va ilmiy kengash majlislarida qatnashadi, bo‘limda belgilangan tartibda majlis o‘tkazadi.
Markazda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etadi.
Shuningdek ushbu bo‘limda:
1. Usmonova Sojida Ismatovna - arxivarius