Rahbarlarning virtual qabulxonasi

Bizga istalgan masalada qo'rqmasdan murojat qilavering biz xalqimizga xizmat qilamiz.

Raxbarlar qabulxonasi

Mazkur sahifada pedagogik jarayonda foydalanishga tavsiya etilgan dasturiy ta`minot haqida qisqacha ma`lumot aks ettirilgan.

1 Hot Potatoes version 6
 

 

Hot Potatoes (Martin Holmes, Half-Baked Software and the University of Victoria HCMC, 1998-2004, http://hotpot.uvic.ca) – universal dasturiy ta’minot. Pedagogga dasturchi yordamisiz HTML bichimda interaktiv nazorat qiluvchi mashqlarni yaratishga mo`ljallangan.
Butun dunyo pedagoglari tomonidan foydalaniladi. Bu dastur yordamida istalgan tilda zarur predmet bo`yicha 10 turdagi mashqlarni matn, grafik elementlar, audio va video ma`lumotlar bilan birga yaratish munkin. Yaratilgan mashqlarni bajarish uchun ta`lim oluvchilarga faqat Web brauzer kerak xolos. Hot Potatoes dasturining o`rnatiladigan qismi faqat pedagoglar uchun mo`ljallangan..
Hot potatoes dasturi yordamida yaratish mumkin bo`lgan nazorat mashqlari:

– Viktorina (ko`p variantli javoblar, qisqa javobli ochiq variantlar va h.k… );
– Bo`shliqlarni to`ldirish;
– Mosini topish;
– Krossword;
– Ketma-ketlik (mantiqiy ketma-ketlik)ni tiklash.
Shu bilan birga qayd etilgan mashqlar turlaridan kombinatsiya ham yaratish mumkin.
Tayyorlangan mashqlarni saqlash bichimi RDF xalqaro standartlar asosida tayyorlangan. Scorm formatiga konvertatsiya qilish imkoniyati ham mavjud. Tayyorlangan mashqlarni ommalashgan masofadan o`qitish tizimlari hisoblanadigan Web CT yoki Moodle dasturlari bazasiga ham eksport qilish mumkin.

 

2 Audacity
  Ovoz fayllari bilan ishlovchi muharrir dastur. Bir vaqtda bir nechta ovoz fayli treklari bilan ishlay oladi. GNU General Public License doirasida foydalaniladi.

 

3 Windows Movie maker
  Windows Movie Maker — video darslarni yaratish va tahrir qilish uchun mo`ljallangan dastur.

 

4 Blender 3D
  3 D bichimdagi kompyuter grafikasini yaratish uchun mo`ljallangn. Uch o`lchamli ob`ektlarni modellashtirish, animatsiya yaratish, video roliklar yaratish va tahrir qilish uchun mo`ljallangan.

 

5 Inkscape
  Inkscape — erkin tarqatiladigan vektor grafikasida mahsulot yaratuvchi grafik muharrir. Texnik va badiiy illyustrativ materiallarni yaratish uchun mo`ljallangan. SVG kengaytma yordamida tayyor fayl yaratadi.

 

6 Visual Understanding Environment (VUE)
  Visual Understanding Environment (VUE) — AQSH ning Tafts universiteti (AQSH Boston) tomonidan ochiq kodli dastur sifatida 2003 yildan boshlab joriy etilgan. VUE loyihasi doirasida raqamli o`quv uslubiy materiallar va axborotlarni boshqarish hamda ilmiy izlanishlar o`tkazish uchun qulay dasturiy ta`minot yaratilgan. Mazkur dasturiy ta`minot raqamli axborotlarni tizimlashtirish va hamkorlikda foydalanish uchun bir qancha qulayliklarga (sharing) ega. Dastur “Education commons litsenziyasi” yordamida tarqatiladi.

 

7 FreeMind
  FreeMind — o`zaro bog`liq sxematik diagrammalarni yaratish (Xotira xaritalari-Mind Maplarni) chizish uchun mo`ljallangan. GNU General Public License asosida tekin foydalanish uchun mo`ljallangan. Chizilgan xaritalarni export qilish imkoniyatu mavjud.

 

8 GanttProject
  GanttProject — Katta hajmdagi va ko`p vaqt talab qiladigan loyihalarni bosqichma-bosqich nazorat qilish, rejalarning bajarilishi va olingan natijalarni taqqoslash uchun Gant va PERT shaklidagi diagrammalarni chizadigan dastur. Microsoft Project dasturiy ta`minotiga export/import qilish imkoniga ega. GNU General Public License[2] asosida bepul tarqatiladi.
HTML и PDF bichimda hisobotlarni nashr qilish mumkin.

 

9 Scratch
  Scretch —O`rta va kichik sinflardagi bolalarga ob`ekt mo`ljallanagn (визуальная объектно-ориентированная среда программирования) dasturiy ta`minot. dastur nomi scratching — texnik termin, didjeylar tomonidan musiqa aralashtirish texnikasi qabilida qabul qilingan.

 

10 Kodu
  Kodu — vizuallashtirilgan dasturiy ta`minot tili. O`yin yaratish uchun mo`ljallangan.