Rahbarlarning virtual qabulxonasi
Bizga istalgan masalada qo'rqmasdan murojat qilavering biz xalqimizga xizmat qilamiz.
Raxbarlar qabulxonasiQabul vaqti:Dushanba-Juma (14:00-16:00)
Kafedra faoliyati
“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 1992 yil 24 apreldagi 122-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Kafedrada tarix, Milliy g‘oya, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari shuningdek Umumta’lim maktab yetakchilari malaka oshirish va qayta tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
Kafedraning asosiy vazifalari:
Bundan tashqari kafedra yo‘nalishi kesimidagi fan o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarida darslarning ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va ularni metodik ta’minotini tashkil etishda faol ishtiorok etadilar.
Kafedraning barcha a’zolari oxirgi uch yilda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirdilar. Buning natijasi o‘laroq “Ma’naviyat asoslari”, “Davlat va huquq asoslari”, “Iqtisodiy bilim asoslari”, “Iqtisodiy bilim asoslari”, “Maktab yoshlari yetakchisi” modullarida zamonaviy pedagogik texnologiyaning barcha interfaol metodlaridan samrali foydalanib kelinmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibining ilmiy salohiyati (43%)
Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 4 nafar, o‘rindoshda 3 nafar professor-o‘qituvchilarn faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan;
2 nafar fan nomzodi;
1 nafar doktor PHD
4 nafar katta o‘qituvchi
Kafedraning korporativ hamkorligi va aloqalari:
Kafedra ma’naviy-ma’rifiy faoliyatining yo‘nalishlari:
Diniy ekstremizm va fundamentalizmning havfi, unga qarshi kurashning zarurligi haqida tinglovchilar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish.
Tinglovchilarni Respublikamizning muzeylar, ko‘rgazmalar, tarixiy qadamjolar va madaniy yodgorliklar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida turli ekskursiyalar uyushtirish.
O‘quv guruhlarida mustaqil ta’lim darslarini o‘tkazish, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarini darslarda tinglovchilarga vaqtida yetkazib borish, “Konstitutsiya adolat ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazish, Chet davlatlarda noqonuniy ishlashning salbiy oqibatlari va uning oldini olish maqsadida “Odam savdosi nima?” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazish, Milliy bayramlar, tarixiy sanalar va buyuk ajdodlar tavalludini nishonlash, “Yoshlar – kelajagimiz ustunlari” mavzusida Respublika Yoshlar ittifoqi markazi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazish, “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan Qatag‘on qurbonlari muzeyiga tashrif buyurish.